
Bo`lim 100 qatnovga mo`ljallangan bo`lib, yillik qatnov tahminan 25834 taga to`g`ri keladi. 11 ta vrach kardiolog, 1 ta nevropatolog, 1 ta endokrinolog, 3 ta EXOKG vrachi, 1 ta VEM vrachi, 3 ta XMEKG vrachi, 1 ta raqamli rentgen vrachi, 1 ta endoskopist, 14 ta hamshira va 3 nafar tozalik sohibalari faoliyat ko`rsatadi. Bo`limda quyidagi zamonaviy diagnostika usullari qo`llaniladi:
1.Xolter bo`yicha sutkali EKG monitoringi – sutka davomida yurak ritmi, aritmiyalari soni, og`riqsiz va og`riq bilan kechuvchi ishemiya belgilarini tahlil qilishga yordam beradi.
2.Zo`riqish sinamalari (veloergometriya, tredimel-test) jismoniy zo`riqish berilib, yurak ishemiyalari koronar rezervi va yurakning yuklamaga tolerantligini aniqlash maqsadida qo`llaniladi.
3.EFGDS-oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalliklari, eroziyasi va yallig`lanishi holatlarini endoskop yordamida aniqlashda yordam beradi. Shuningdek karonaroangiografiya tekshiruvi jarrohlik amaliyotlaridan oldin va agressiv antiagregant, antikoagulyant terapiya qo`llashda oshqozon va 12 barmoq ichak holatini baholashda qo`llaniladi.
4.Rentgenoskopiya va rentgenografiya ususllari yordamida kardiotorokal indeks, ya`ni yurak o`lchamlarini rentgenografik tahlil qilish yo`lga qo`yiladi. Bundan tashqari yuqori nafas yo`llari va o`pkada yallig`lanish jarayonlari hamda gidrotaroks holatlari tahlil qilinadi.
All Department
Opening Hours
Monday – Friday | 8.00 – 18.00 |
Saturday | 9.00 – 17.00 |
Sunday | 9.00 – 15.00 |
Holidays | Closed |
Book Appointment
Aloqa
- Address Qarshi shahar Otchopar mahallasi Bunyod ko'chasi 33 uy
- Email kardiologiya_qarshi@umail.uz
- Phone +998752211957
- Fax 75-221-19-62