Cardio-KF.uz

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy markazi Qarshi filiali rasmiy veb sayti

Home Madhiya

Madhiya

Madhiya, Gimn asosan davlat yoki kishini madh etish uchun yaratilgan musiqa hamda so’z ijrosida yaratilgan asar.

Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham M.dan iborat boʻlishi mumkin. Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maqtovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi xukmdor va boshqalarga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan (mas, Navoiy «Hamsa»sidagi dostonlar muqaddimasida Nizomiy, Hisrav Dexlaviy, Jomiy madhi). M. harakteridagi asar turli janrlarda (masnaviy, gʻazal, muhammas va boshqalar) yozilishi mumkin.

Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham M. hisoblanadi (baynalmilal tilda gimn). Q. Davlat madhiyasi.[1]

Gimn (yun. hymnos) — tantanavor qoʻshiq, sheʼr. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar shaʼniga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bagʻishlangan G.lar paydo boʻlgan. (qarang Davlat madhiyasi, Madhiya).[1]

Skip to content