Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Mamlakatimizda ham bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilinib, ushbu dasturlar ijrosi yuzasidan amaliy tadbirlar jadal davom etmoqda.
Bugun RIKIATM Qarshi filialida xuddi shu masala yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni filial direktori t.f.n. Y.R.Axmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi ma’sul xodimi T.Xaqberdiyev so‘zga chiqib tibbiyot muassasalarida sodir etilayotgan korrupsiya holatlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi. Bu kabi holatlar aniqlanganda qanday choralar ko‘rilishi haqida ham ma’lumot berildi.
Yig‘ilish so‘ngida filial yuristi R.Ergashev ham so‘zga chiqib filialda korrupsiya holatlari sodir etilishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berdi.
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohada korrupsion omillarni o‘rganish, tibbiyot muassasalarida poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlari, ularni keltirib chiqarayotgan sabablar, bemor va ularning qarindosh urug‘lariga bo‘lgan muomala madaniyati, qolaversa, fuqarolar bilan bo‘layotgan munosabatlardagi ayrim nizoli holatlar, murojaatlar tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Umuman, ayni kunda keng qamrovli tizim faoliyati xalq roziligini olishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi alohida uqtirildi.