RIKIATM Qarshi filialida yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlarini bajarish davom etmoqda.

Markaz kardiojarroxlar jamoasi va RIKIATM  kardiojarroxi t.f.d. A. A. Meliqulov ishtirokida markazimizda 2 nafar bemorda  yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari  amalga oshirishdi.

 

Birinchi bemorda kam holatlarda uchraydigan tashxis 2 ta klapan zararlanishi va koronar tomirlarning aterosklerotik o‘zgarishi hisobiga bemorda 2 ta klapan protezlash va shu bilan birgalikda aorta koronar shuntlash amaliyoti o‘tkazildi. Ikkinchi bemor 95% o‘lim holatida aorta koronar shuntlash amaliyoti o‘tkazildi, bemorning hayoti saqlab qolindi.

 

Barcha jarroxlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. RIKIATM Qarshi filiali jamoasi o‘tkazgan jarroxlik amaliyotlari va mahorat darslari uchun t.f.d. A. A. Meliqulovga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.