RIKIATM Qarshi filialida «Kardio klub» ning Qashqadaryo viloyati kardiologlari bilan o‘tkaziladigan konferensiyasi o‘tkazildi.

Seminarda RIKIATM Qarshi filiali direktori t.f.n. Y.R.Axmatov so‘zga chiqib, filialning 2022-2023 yillarda 9 oylikda amalga oshirilgan ishlar qiyosiy taxlil qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi «Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-103-sonli qarori ijrosi tahlil qilinib yakunda shahar va tumanlardagi kardiologlardan tumandagi muammo va takliflar eshitildi.

 

Shundan so‘ng “Yurak aritmiya mavjud xomiladorlarni tug‘ruqqacha kuzatuv” mavzusida RIKIATM katta ilmiy xodimi t.f.d. Mullabayeva G.U. ma’ruza qildi. Ma’ruza yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.