Ushbu sessiyada t.f.n., endovaskulyar jarrox Xilchuk Anton Andreyevich mehmonimiz bo‘ldi va filialimiz endovaskulyar jarroxlari bilan birgalikda 3 ta bemorda murakkab endovaskulyar amaliyot o‘tkazildi.
Bulardan birinchi bemorimiz 2020 yil bosh miya insulti o‘tkazgan, kuchli bosh aylanishi va quloqdagi shovqindan aziyat chekayotgandi. Bemorda diagnostik angiografiyada chap ichki uyqu arteriyasi kritik torayishi(99%) aniqlangan va shu torayish bartaraf etilib ichki uyqu arteriyasi stentlash amashiyoti o‘tkazildi. Bu orqali bemorni shikoyatlari bartaraf etilib qayta bosh miya insulti oldi olindi. Keyingi 2 ta bemor diabetik to‘piq tashxisi bilan oyoq arteriyalari angioplastika va stentlash amaliyoti o‘tkazildi va bu orqali bemorlarimiz oyoqlari kesilishi oldi olindi.
#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun