Filial ishchi guruhi tomonidan Chiroqchi tumaniga amaliy yordam berish maqsadida tashrif buyurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 09 oktabr kunidagi 05-10/23830 – sonli va Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023 yil 19 oktabr kunidagi 02-6/1420-sonli ko‘rsatma xatlari hamda RIKIATM Qarshi filialining 2023 yil 25 oktabrdagi 44t-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash  va Chiroqchi tumanida birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholining salomatlik tarkibidan kelib chiqib uslubiy qo‘llab – quvvatlash, ixtisoslashgan tibbiy xizmatni aholiga tadbiq qilish maqsadida filial shifokorlari tomonidan ishchi guruh tuzilib joriy yil 27 oktabridan rejali ravishda tumanda urganishlar olib bormoqdalar.

 

Bundan maqsad bemorlarni davolashda kunduzgi shifoxona, uy shifoxonasi va statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni samarali davolash holatini, diagnostik va davolanishi uchun yaratilgan sharoitlar, asosli gospitalizatsiyasi, dori-darmon ta’minoti va davolash-diagnostika standartlariga rioya etilganlik holatini, hamda ushbu yo‘nalishlarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifat va samaradorligini yanada oshirish. Yangi davolash va diagnostika usullarini joriy etish choralarini amaliyotga tadbiq etish. Dori-darmonlar, reaktivlar, tibbiy buyum va sarflov vositalariga ehtiyojini shakllantirish va ta’minotini amalga oshirilishi holatini o‘rganish va natijada aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, hamda uslubiy yordam ko‘rsatish. Oilaviy shifokorlar va tor sohadagi mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojni, hamda  shifokorlarning malaka oshirish holatini o‘rganish bilan birga kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun aniq maqsadli takliflarni ishlab chiqish. Tumanda istiqomat qiluvchi aholining kasallanish ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan xizmat ko‘lamini oshirish, yangi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va muassasa moddiy-tehnik bazasini mustahkamlash yuzasidan takliflar kiritish. Qabul-saralash (emergency department) bo‘limi faoliyatini belgilangan tartibda tashkillashtirilganlik holatini o‘rganish va o‘rganish natijasida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan ma’lumot kiritish va joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish. Hududlardagi aholi o‘rtasida profilaktik ko‘riklar o‘tkazilishi holatini, skrining  va kasalliklarni erta aniqlash dasturlari va dispanser nazoratga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yilning 27 iyuldagi 210-sonli buyrug‘i talablari asosida o‘tkazilganligini, oilaviy shifokorlar, amaliyotchi va patronaj hamshiralar hamda doyalarning ish faoliyati vazirlikning  2022 yil 26 sentabrdagi 263-sonli buyruq talablari asosida tashkil etilganligini, tibbiyot birlashmasi Vazirlikning 2023 yilning 7 apreldagi 66-sonli buyrug‘i talablari asosida asbob-uskunalar va buyumlar bilan ta’minlanish holati, davolash-tashxislash ishlari, yo‘llanmalar rasmiylashtirilishi, bemorlar marshrutizatsiyasi ishlari hamda ambulator-poliklinika faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlar vazirlikning amaldagi meyoriy-xuquqiy hujjatlari asosida tashkil etilganligini o‘rganish, aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilash viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tuman tibbiyot birlashmasiga taklif kiritish. Tibbiyot birlashmalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining holati, yangidan tashkil etilishi rejalashtirilgan muassasalarda ishlar rejaga muvofiq olib borganlik holatini o‘rganish va kechikishlar aniqlanganda ushbu  kechikishlarga sabab omillarni aniqlash, ma’lumot to‘plash va  bartaraf etishga oida taklif kiritish. Tibbiyot muassasasining infratuzilmasi holatini, ko‘z-qish mavzusiga tayyorgarligini o‘rganish, aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

 

Ushbu amaliy tashriflar joriy yil 27 oktabridan 20 noyabriga qadar davom etadi.