Hozirgi kunga kelib jarroxlik amaliyotlarini kam invaziv usulda o‘tkazish tendensiyasi kundan-kunga ham zamon ham bemorlar talabi bo‘lib bormoqda. Bizga murojaat qilib kelgan bemorimizda ham 2 yurak tug‘ma nuqsoni aniqlangan(Ochiq arterial yo‘lak va bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni) va ochiq usulda ikkala nuqsonni bir vaqtda bartaraf etish tavsiya qilingan. Bemorimiz nozik jins vakili bo‘lganligi sababli ota-onasi ochiq amaliyot o‘tkazishga rozi bo‘lishmagan va nuqsonlarni yopiq usulda, kesmalarsiz bartaraf etish uchun filialimiz mutaxassislariga murojaat qilishgan.
Intervension kardiologlar jamoasi tomonidan bosqichma-bosqich 2 ta OKKLYUDER yordamida nuqsonlar yopildi. Endi bemorimiz sog‘lom tengqurlari safida hayot so‘qmoqlaridan shaxdam qadamlar bilan davom etadi.