RIKIATM Qarshi filiali hududida sport maydonchalari tashkil etildi.

Bugun har kuni takrorlayotganimiz sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishda sportning ayniqsa, jismoniy tarbiyaning qanchalik ahamiyatga egaligini har bir inson yaxshi biladi. Shunday ekan insonlar qanday sharoitda bo‘lmasin sport bilan shug‘illanishlari kerak. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda filial hududida budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan «Street workout» va homiylik asosida «Basketbol» maydonchalari barpo etildi. Bundan maqsad filial ishchi xodimlari va filialga tashrif buyuruvchilar uchun bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘illanishlari uchun sharoit yaratishdir. «Street workout» maydonchasi – bu ochiq osmon ostida joylashgan insonga yengillik va ko‘tarinkilik beruvchi maskandir.

Shu munosabat bilan bugun erta tongdan filial xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilgan holda ertalabki badantarbiya mashqlari bajarilib, sport maydonchalarida shug‘illanishdi, bu mashqlar kishi kayfiyatiga yaxshi ta’sir qilib, odam immun tizimini ko‘tarilishiga, ishni yaxshi kayfiyatda boshlashda ham yordam beradi.