Joriy yil 5-7 oktabr kunlari RIKIATM Qarshi filiali jamoasi taklifiga binoan Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan kardiojarroh, t.f.d professor Payvin Artyom Aleksandrovich yana bir bor tashrif buyurdi.
Maxorat darslari davomida 7 nafar bemorda kichik kesmalar orqali murakkab turdagi yurak qon tomir jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazish orqali bemorlarning kasalliklari o‘z vaqtida bartaraf etildi, shulardan 4 nafar bemorda aorta koronar shuntlash, 2 nafar bemorda mitral klapan protezlash, 1 nafar bemorda bo‘lmachalararo to‘siq nuqsonini bartaraf etish amaliyotlari bajarildi va bemor uzok yillik yurak og‘riqlaridan holos bo‘ldi. O‘tkazilgan mahorat darsi davomida bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyin asoratlar kuzatilmadi. Tashrif davomida 20 dan ortiq bemorlarda bepul kardiojarrohlik maslaxatlari berildi.
O‘tkazilgan mahorat darsi Qashqadaryo viloyatidagi yuqori texnologik kardiojarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan axolini viloyatning o‘zida kichik kesmalar orqali murakkab turdagi yurak qon-tomir jarroxlik amaliyotlarini filial mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirishiga xizmat qiladi. Bu esa aholining vaqtini va mablag‘ini tejalishiga olib keladi.