Rossiyalik kardiojarrox o‘z ishining moxir ustasi Snegirev Mixail Aleksandrovich yana bir bor Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida 9-22 oktabr kunlari bepul kardiojarroxlik tibbiy ko‘riklarini o‘tkazadi.
Tibbiy kuriklar o‘tkazish bilan bir qatorda kardiojarrox Snegirev Mixail Aleksandrovich ishtirokida mahorat darslari, ya’ni qo‘yidagi jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
-Kichik kesmalar orkali ishlab turgan yurakda Aorta koronar shuntlash amaliyoti
-Kichik kesmalar orkali Aortal klapanini almashtirish
-Kichik kesmalar orqali Mitral kapanni plastikasi va almashtirish
-Kichik kesmalar orqali Yurakning tug‘ma nuqsonlari
-Kichik kesmalar orqali Yurak usmasi (Miksoma)
Agar sizda kardiojarroxlik amaliyoti buyicha savollar bo‘lsa 08.00-09.00 va 19.00-22.00 soatlar oralig‘ida qo‘yidagi telefon raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 93 537 11 44 Jalilov Adham(kardiojarrox),
+998 99 964 60 06 Namozov Xumoyuddin (kardiojarrox)
Manzil: Qarshi shahar, Bunyod ko‘cha 33 uy