Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan RIKIATM Qarshi filialining bir guruh xodimlari kuratorlik hisoblanmish Chiroqchi tumaniga 2023-24 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni urganish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida ya’ni joyida bartaraf etish maqsadida Chiroqchi TTBga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida 22 ta tibbiyot muassasiga tashrif buyurishib, u yerdagi kuz-qish mavsumiga bo‘lgan tayyorgarlik holatlari bilan tanishildi. Tanishish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida Chiroqchi TTB xodimlari bilan birgalikda bartaraf etishdi. Yana ba’zi bir kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha TTB ma’sul xodimlari bilan kelishib olindi.
Kamchiliklarni bartaraf etish chog‘ida filial direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov, Chiroqchi TTB boshlig‘i E.Arziev, boshliq o‘rinbosari O‘.Aslanov hamda filialning bir guruh mutaxassislari bevosita birgalikda harakat qilishib o‘sha yerning o‘zida muammolar hal etildi.
-Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda bizga RIKIATM Qarshi filiali xodimlarining juda katta yordami tegdi, ayniqsa muammoni joyida bartaraf etilishi to‘g‘risi biz uchun quvonchili holat bo‘ldi. Bu kabi amaliy yordamlar nafaqat biz tibbiyot xodimlari uchun, balki tuman aholisini ham tibbiy hizmatlardan bekamiko‘st foydalanishlari uchun zamin yaratadi deb o‘ylayman. – deydi Chiroqchi TTB boshlig‘i E.Arziev.
#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun