RIKIATM Qarshi filiali ish faoliyatidan.

Rentgen endovaskulyar jarroxlik bloki o‘z ish faoliyatini qayta boshlagan kundan boshlab dastlabki bir hafta ichida bir necha bemorlarda yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Jumladan, 35 ta bemorda yurak koronar tomirlari stentlash amaliyoti, 2 ta bemorda yurak tug‘ma nuqsonili bemorda nuqson transkateter okklyuder yordamida bartaraf etildi.  Eng ahamiyatga molik jihati, viloyatda ilk bora miya ichi tomiri stentlash amaliyoti ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Barcha amaliyotlar kesmalarsiz va umumiy og‘riqsizlanturuvchi vositalardan holi ravishda o‘tkazildi. Hozirgi kunda bemorlarning ahvoli qoniqarli holatda.