O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 28 sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi.
Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari kardiolog E.Tursunov, kardioreanimatolog T.Vohidov va Qarshi filiali direktori t.f.n. Ya.R.Axmatov boshchiligidagi bir guruh shifokorlar kardioreanimatsiya bo‘limida davolanayotgan 3 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning kasallik tarixi asosida bemorlar xolati klinik jixatdan taxlil etildi. Muloqot so‘ngida kardiolog E.Tursunov hamda kardioreanimatolog T.Vohidov o‘zlarining zarur tavsiya va tushunchalarini berdi.
Innovatsion telemeditsinani izchil yo‘lga qo‘yilishi orqali aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi kengayadi, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizning ilg‘or tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi.
#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun