Tibbiy ko‘rik 28 sentabr kuni Dehqonobod tumani, Tog‘aytemir QVP binosida tashkil etildi.
Tadbir davomida 20 nafardan ortiq turli mutaxassislardan iborat shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdi.
Hususan birgina kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori R.Raxmonov tomonidan 30 nafar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 2 nafariga viloyat, 8 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish tavsiya qilingan bo‘lsa, qolgan 20 nafar bemorlarga esa ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi.
#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun