Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ma’sullari Qashqadaryoda

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi markaziy apparati ma’sul xodimlari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida, viloyat ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Xususan, DTSJ boshqarma boshlig‘i Sh. Almardonov imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarni oilaviy shifokor yo‘llanmasi asosida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish holatini o‘rgandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, bemorlar bilan muloqot qilindi.