Ishchi guruh tarkibidagi vazirlik mutasaddilari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda poytaxtdagi bir qator tibbiyot muassasalari rahbarlari va malakali mutaxassislari tumanlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida bo‘lib, ular faoliyatini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni xalqimizga yanada yaqinlashtirish, islohotlar samaradorligini oshirish borasida amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.
20 sentabr kuni ishchi guruh a’zolari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali mutaxassislari birgalikda Nishon TTBda tibbiy ko‘riklar o‘tkazishdi. Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassisdar tomonidan kerakli ko‘rsatmalar berildi. Shu bilar bir qatorda birlashmaga kelish imkoni bo‘lmagan va og‘ir ahvoldagi bemorlarga uylariga tashrif buyurilib birlamchi tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.