RIKIATM Qarshi filialida telemeditsinani rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 11 sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi.

 

Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kardiologi t.f.n. N.T.Yakubbekov va Qarshi filiali  shifokorlari 9 sentabrdan buyon kardioreanimatsiya bo‘limida YuIK chap qorincha orqa devori Q tishsiz o‘tkir miokard infarkti. Raqabatdosh: Shifoxonadan tashqari 2 tomonlama zotiljam. Asorati: SYuE-2A FS-3NYHA bo‘yicha ikkala qorinchada tromb tashxisi  bilan davolanayotgan 1988 yilda to‘g‘ilgan bemor X.K. ning kasallik tarixi asosida bemorlar holati klinik jixatdan taxlil etildi. Muloqot so‘ngida t.f.n. N.T.Yakubbekov o‘zining zarur tavsiya va tushunchalarini berdi.

 

Innovatsion telemeditsinani izchil yo‘lga qo‘yilishi orqali aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi kengayadi, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizning ilg‘or tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi.

#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun