Joriy yilning 29 avgust kuni RIKIATM Qarshi filialida 2 nafar bemorda SKAA va KP sharoitida Mini invaziv-torakoskopik yul bilan mitral klapanni mexanik protezlash amaliyoti, xamda Mini invaziv yuli bilan ishlab turgan yurakda aorta koronar shuntlash amaliyotlari muvaffaqiyatli tarzda bajarildi. Ushbu torakoskop yordamida mini invaziv, ya’ni kichik kesmalar orqali bajarilgan kardiojarrohlik amaliyotini afzallik jixatlari bo‘lib, ko‘krak qafasi butunligi saqlanishi (bunda ko‘krak qafasi ochilmaydi), kam shikastlanish va kosmetik jixatdan ustun (operatsiya o‘rni yaqqol ko‘zga tashlanmaydi) ligi xisoblanadi.
Murakkab turdagi kardiojarroxlik amaliyotlari davom etmoqda