Bemor H. S 2001 yilda to‘g‘ilgan RIKIATM Qarshi filialiga, yurak sohasida noxushlik, yurakning tez urushi, havo yetishmslik hissi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi va darmonsizlik shikoyatlari bilan murojaat qilib keldi.
Tezkor tekshiruvlar natijasida yurak sohasini EXOKG qilib ko‘rilganda: Yurakning kameralari kengayishi aniqlanmaydi. Umumiy chap qorincha qisqaruvchanligi kamaymagan. MK oldingi tabaqalari yopishgan 40X56 mm xarakatchan giperexogen struktura (miksoma?) aniqlanadi. Aorta kengaymagan. Mitral klapan: tabaqalari dag‘allashgan, diastola vaqtida to‘liq yopilmaydi. O‘pka arteriyasining sistolik bosmi 43 mm.sim.ust. bemorning boshqa analiz ko‘rsatkichlari operativ muolajaga qarshi ko‘rsatma yo‘qligi sababli joriy yilning 18 avgust kunida, jarroxlik amaliyoti mobaynida yurakning chap bo‘lmachasining, bo‘lmachalararo to‘siq devoriga yopishgan 50×60 mm o‘lchamdagi hosila olib tashlandi.
Hozirda bemorning respirator va umumiy ko‘rsatgichlari stabil va bemor o‘zi yaxshi his qilmoqda.