Tibbiy ko‘rik 18 avgust kuni Qamashi TTBga qarashli Mang‘it poliklinikasida tashkil etildi.
Tadbir davomida 20 nafardan ortiq turli mutaxassislardan iborat shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdi.
Hususan birgina kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori Sh.Abduraxmonov tomonidan 28 nafar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 2 nafariga viloyat, 8 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish tavsiya qilingan bo‘lsa, qolgan 18 nafar bemorlarga esa ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi