O‘zbekiston —Turkiya  tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.

16-17.08.2023y kunlari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida nufuzli xalqaro tadbir Turkiy dunyo tibbiyot Kongressi, Turkiy davlatlar tashkiloti (https://t.me/ssvuz/13708) cog‘liqni saqlash vazirlarining yig‘ilishi va O‘zbekiston —Turkiya  tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forum doirasida Turkiyaning mashhur Sağlık Bilimleri Üniversitesi (https://www.sbu.edu.tr/)  va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi fililali (https://cardio-kf.uz/)(RIKIATM QF) o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish maqsadida universtitet rektori Prof.Dr. Kemalettin Aydın (https://www.sbu.edu.tr/FileFolder/Dosyalar/eb408a43/2022_7/kemalettin-aydin-37f01631.pdf) bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv doirasida RIKIATM Qarshi filiali shifokorlarini malakasini oshirish, hamda Turkiyalik mutaxassislarni filialga taklif etish orqali o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.