Tibbiy ko‘rik “Keksalar salomatligi oyligi” doirasida 17 avgust kuni Ko‘kdala tumani Chiyal MFYga qarashli kasb-hunar maktabida tashkil etildi.
Tadbir davomida 20 nafardan ortiq turli mutaxassislardan iborat shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdi.
Hususan birgina kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori M.Xurramov tomonidan 32 nafar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 4 nafariga viloyat, 8 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish tavsiya qilingan bo‘lsa, qolgan 20 nafar bemorlarga esa ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi.