O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18.2 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 12 avgust kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali va Shaxrisabz, Muborak tumanlari tibbiyot birlashmalari o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi.
Kunning birinchi qismida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali va Shaxrisabz, Mirishkor tumanlari tibbiyot birlashmalari ma’sul xodimlari birgalikda birlashmalar bo‘limlarida davolanayotgan 6 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning kasallik tarixi asosida bemorlar xolati klinik jixatdan taxlil etilib zaruriy tushuncha va ko‘nikmalar berildi.
Innovatsion telemeditsinani izchil yo‘lga qo‘yilishi orqali aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi kengayadi, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizning ilg‘or tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi.
#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun