Shifokorlar haq, huquqlari bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

4 avgust kuni RIKIATM Qarshi filialida Viloyat Vrachlar Assotsiatsiyasi boshlig‘i Xolyor Qodirov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda assotsiatsiyaning tarixi, asoschilari va hozirgi kundagi faoliyati haqida so‘z bordi.

 

Yurtimizda hozirgi kunda vrachlarga bo‘layotgan munosabatlar, turli xil vajlar bilan tan jaroxatlari yetkazish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Shunday holatlarda vrachlar qanday yo‘l tutishlari va qaerga murojaat qilishlari kerakligi to‘g‘risida “Yo‘riqnoma” lar tarqatildi. Shu bilan birga “O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi” ga a’zolikka qabul qilingan vrachlarga beriladigan imtiyozlar borasida ham ta’kidlab o‘tildi.

RIKIATM Qarshi filiali jamoasi Xolyor Qodirovga tashrifi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.