Qamashi tumanida navbatdagi tibbiy ko‘riklar bo‘lib o‘tdi.

Tibbiy ko‘rik 28 iyul kuni Qamashi TTBga qarashli Mang‘it poliklinikasida tashkil etildi.

 

Tadbir davomida 20 nafardan ortiq turli mutaxassislardan iborat shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdi.

 

Hususan birgina kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori Sh.Abduraxmonov tomonidan 40 nafar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, shulardan 3 nafariga viloyat, 7 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish tavsiya qilingan bo‘lsa, qolgan 30 nafar bemorlarga esa ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi.