06.07.2023yil Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Tashkiliy uslubiy bo‘limi mudiri t.f.n. X.A. Toshpo‘latov Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, jumladan fuqarolar murojatlarini tahlil etish maqsadida tashrif buyurdi. Ushbu tashrif asnosida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad, viloyatda extiyojmand axoliga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini o‘rganish, elektron yo‘llanma orqali bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam muammolarini xal etish va filialda budjet xisobidan davolanayotgan bemorlar axvolidan xabar olishdan iborat bo‘ldi.
Dastlab X.A. Toshpo‘latov elektron order tizimida bo‘layotgan murojaatlar va ularning yechimlari bilan tanishdi. So‘ngra filialning “Yurak ishemik kasalliklari” bo‘limida imtiyozli ravishda davolanayotgan bemorlar holidan filial direktori t.f.n. Ya.R. Axmatov va bo‘lim boshlig‘i G‘.G‘. Rajabovlar bilan birgalikda xabar olishib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tishdi.