Ko‘kdala tumanida navbatdagi tibbiy ko‘riklar bo‘lib o‘tdi.

Tibbiy ko‘rik bugun 15 iyun kuni Ko‘kdala TTB binosida tashkil etildi.

 

Tadbir davomida 20 nafardan ortiq turli mutaxassislardan iborat shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdi.

 

Hususan birgina kardiologiya yunalishi bo‘yicha RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori Qo‘ldoshev Obidjon tomonidan 58 nafar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, shulardan 3 nafariga respublika, 8 nafariga viloyat, 11 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish tavsiya qilingan bo‘lsa, qolgan 36 nafar bemorlarga esa ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi.