Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda sog‘lom turmush darajasini oshirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri sanaladi

Bugun 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devoni Xotin qizlar va jamoatchilik kengashi ma’sullari Qashqadaryo viloyat Milliy Gvardiyasi hamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar hamda xodimlar va ularning oila a’zolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

 

Tibbiy ko‘rik ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan (stomatolog, terapevt, pediatr, ortoped, dermatolog) EKG, UTT, laborator diagnostika xizmatlari ko‘rsatildi. Shular qator RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori Sh.Raxmatullaev ham yurak qon-tomir kasalliklari bilan shikoyat qilib kelganlarga o‘zining zarur ko‘rsatma hamda tushunchalarini berdi.

     

Tadbir davomida oilada tibbiy saviyani oshirish, sog‘lom muhitni yaratish to‘g‘risida ham zarur tushunchalar berildi.