Tibbiyot xodimlari kiberjinoyatlardan ogoh etildi.

7 iyun kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida kiberjinoyatlar va ularning turlaridan ogoh bo‘lish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi, filial shifikorlari, hamshiralari va ishchi-xizmatchilari ishtirok etishdi.

 

Ko‘lami keng tadbirda viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi podpolkovnik Iroda Rasulova bank plastik kartalaridan mablag‘lar o‘g‘irlanishi va bunga shart-sharoit yaratuvchi omillar, kiberjinoyatlarni oldini olish mavzusida ma’ruza qildi.

 

Yig‘ilishda bank kartalaridan mablag‘lar olti xil usul – telefon qo‘ng‘iroqlari, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi savdo kanallari, OLX platformasi, moddiy yordam, onlayn kredit, soxta onlayn birja va treyding faoliyati hamda jabrlanuvchiga noma’lum sharoitlarda sodir etilayotgani ishtirokchilarga tushuntirdi.

 

Tadbirda Qarshi shahar IIO FMB JXX XQMB katta inspektori podpolkovnik Zamira Rustamova xotin-qizlar tomonidan jinoyatlar va boshqa holatlarni oldini olish, ularga “Himoya orderi” berish tartibi hamda qonunchilikda keltirilgan boshqa kafolatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Tadbirda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar atroflicha javoblar berishdi.