O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-103-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan kelgan mutaxassislar t.f.n. Sh.N.Doniyorov, kardiolog A.A.Norboev hamda markazning Qarshi filialidan kardiolog Chiroqchi tumani kuratori G‘.G‘.Rajabovlar Chiroqchi tumaniga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad tumanning chekka hududlarida uyda yotib qolgan va shifoxonaga borish imkoni bo‘lmagan, dispanser nazoratidagi bemorlar holidan xabar olib, ularda birlamchi tibbiy ko‘rik o‘tkazish va zaruriy tavsiya va ko‘nikmalar berishdan iborat. Dastlab mutaxassislar Chiroqchi TTBga tashrif buyurishdi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 103-sonli qarori ijrosi bo‘yicha qilingan ishlar muhokama qilindi. Tumandagi UAShlari o‘rtasida kardiologik kasallar bilan dispanser nazoratiga olingan va jarroxlik amaliyotlari o‘tkazgan bemorlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng mutaxassislar tumanning Paxtakor MFYga qarashli Rayonobod qishlog‘iga tashrif buyurishdi. Bu yerda 7 nafar yotib qolgan bemorlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘chma ExoKG apparatida tekshiruvlar o‘tkazilib tavsiyalar berildi. Keyingi manzil Obod MFYga qarashli Yangi obod qishlog‘i bo‘ldi. Bu yerda 5 nafar bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi. Tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.
#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun