O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-103-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan t.f.n. Sh.N.Doniyorov va kardiolog A.A.Norboevlar viloyatimizga tashrif buyurishdi.
Shu maqsadda bugun erta tongdan Qarshi TTBda tibbiy ko‘riklar tashkil etildi markazdan kelgan shifokorlar t.f.n. Sh.N.Doniyorov, A.A.Norboev hamda markazning Qarshi filialida faoliyat olib borayotgan malakali kardiologlar t.f.n. Qarshi tumani kuratori S.A.Ravshanov va O.Q.Qo‘ldoshevlar bilan birgalikda ambulator sharoitda bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 46 nafar yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tavsiyalar berildi. Shundan 2 nafariga viloyat darajasida, 9 nafariga tuman darajasida statsionar sharoitda davolanishga tavsiya berilgan bo‘lsa, 35 nafariga esa ambulator sharoitda davolanishga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga tashrif buyurishdi. Bu yerda filial direktori t.f.n. Ya.R.Axmatov va direktor o‘rinbosari Sh.Sh.Gaffarov boshchiligida “Kardioreanimatsiya” bo‘limida 6 nafar og‘ir ahvoldagi bemorlar tekshiruvdan o‘tkazildi. «YuIK va reabilitatsiya» bo‘limida 18 nafar bemorlar tekshiruvdan o‘tkazilib mutaxassislar tomonidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.
#Zero_tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun