Viloyatimiz bo‘ylab tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.

Avval habar berganimizdek ishchi guruh boshchiligida vohamiz bo‘ylab tibbiy ko‘riklar o‘tkazilishi davom etmoqda. Xuddi shunday tibbiy ko‘riklar 18 may kuni Mirishkor va Kasbi tumanlarida tashkil etildi.

 

Erta tongdan ishchi guruh a’zolari hamda vohamizning tor soha mutaxassislari dastlab Kasbi TTBga qarashli 8-oilaviy poliklinikasida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Turli soha mutaxassislari qatorida RIKIATM Qarshi filiali direktori Ya.R.Axmatov boshchiligida kardiolog shifokor O.Qo‘ldoshev tomonidan yurak qon-tomir kasalliklari bilan shikoyat qilib kelgan 45 nafar bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, shulardan 16 nafariga statsionar 29 nafariga esa ambulator ravishda davolanish uchun zaruriy tashunchalar berilgan bo‘lsa, ordinator I.Raximov tomonidan esa 27 nafar bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 4 nafariga statsionar 23 nafariga esa ambulator sharoitda davolanishlari uchun zaruriy tushunchalar berildi.

 

Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari hamda vohamizning tor soha mutaxassislari Mirishkor TTBga qarashli 28-oilaviy poliklinikasida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.  RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori Mirishkor tumani kuratori A.Jumaev tomonidan jami 58 nafar bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 4 nafariga statsionar va 54 nafariga ambulator sharoitda davolanishlari uchun kerakli tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Shu bilan birga A.Jumaev tomonidan uyda og‘ir ahvolda yotgan bemorlar ham ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Hozirgi olib borilayotgan barcha islohot tibbyotni aholiga yaqinlashtirishdan iborat.                                                                                                                                  #tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun

 

Tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.