Viloyatimiz bo‘ylab tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan butun respublikamiz bo‘ylab aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini isloh qilish maqsadida tibbiy ko‘rik davom etmoqda. Har bir hududga yetuk mutaxassislardan iborat ishchi guruh biriktirilgan. Ushbu ishchi guruhlar ishtirokida ShTB/TTBlarda tibbiy ko‘riklar rejali ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Hususan 17 may kuni Akilov Bekzod Botirovich boshchiligidagi ishchi guruh bilan birgalikda vohamizning bir qator tor soha mutaxassislaridan iborat shifokorlar tibbiy ko‘rikda ishtirok etishdi.

Ishchi guruh tomonidan dastlab Koson TTBda tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik davomida bir nechta tibbiy soha mutaxassislari tekshiruvlar o‘tkazishdi. Shular qatorida RIKIATM Qarshi filiali direktori Ya.R.Axmatov va Koson tumani kuratori D.Avazov tomonidan kardiologiya sohasi bo‘yicha ham tekshiruvlar o‘tkazilib, 70 nafar aholiga statsionar va ambulator sharoitda davolanishga tavsiyalar berildi. RIKIATM Qarshi filiali direktori Ya.R.Axmatov tomonidan statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar ham ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur bo‘lgan tavsiya va tushunchalar berildi.

Shu kunning o‘zida Muborak TTBga qarashli Qarliq MFY hududida joylashgan 23-oilaviy poliklinikada ham tor soha mutaxassislari tibbiy ko‘riklar o‘tkazishdi. RIKIATM Qarshi filiali kardiologi B.Jo‘raev tomonidan 62 nafar bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

 

Hozirgi olib borilayotgan barcha islohot tibbyotni aholiga yaqinlashtirishdan iborat.                                                                                                                                   #tibbiyotdagi_islohotlar_inson_qadri_uchun

 

Tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.