Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida 12 may — xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugungi tantanali marosim doirasida tibbiyotimiz rivojiga alohida hissa qo‘shib, jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan bir guruh shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining xizmatlari ham e’tirof etildi.

Jumladan: “Hududiy muassasada murakkab operatsiyalar o‘tkazgan mohir jarroh” nominatsiyasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali kardioxirurgi – Adhambek Qaxramonovich Jalilov taqdirlandi.

RIKIATM Qarshi filiali jamoasi nomidan Adhambek Qaxramonovichni chin dildan muborakbod etamiz. Kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz.