12 – may Xalqaro hamshiralar kuni

Hammamizga ma’lumki hamshiralar boshlang‘ich tibbiy ta’lim mutaxassislar bo‘lib, shifokor yoki feldsherdan bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha olingan ko‘rsatmalarni bajaruvchi doktorlarning beminnat yordamchilari hisoblanadi. Ular eng insonparvar kasb egalari hisoblanishadi.

Har yili 12 may xalqaro Hamshiralar kuni sifatida butun dunyo nishonlab keladi. Tibbiyot sohasida shifokorlarning o‘rni va ma’suliyati bilan birga malakali hamshiralarning o‘rni xam beqiyos.  Xozirgi paytda davlatimizda berilayotgan imkoniyatlar shundan dalolat beradiki, tibbiyot soxasida nafaqat malakali shifokor, balki malakali xamshiralarga xam keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Xuddi shunday tadbir RIKIATM Qarshi filialida ham tashkil etildi. Unda filial direktori Ya.R.Axmatov so‘zga chiqib hamshiralarni tabriklab tadbirni ochib berdi. Shu qatorda filialda faoliyat yuritayotgan ustoz shifokorlar va hamshiralar ham o‘z tabriklarini izhor etishdi. So‘ngra shu filialda uzoq yillar ishlab faoliyat yuritgan faxriy hamshiralar hurmat ko‘rsatilib esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan bir qatorda Filialda o‘zining fidoiyligi, jonkuyarligi bilan ajralib turgan bir guruh hamshiralar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.