Ushbu ko‘rik tanlovda turdi hil nominatsiyalar bo‘yicha hamshiralar kuch sinashdi. Ko‘rik tanlov yakunlari bo‘yicha o‘rinlar kesimida hamshiralar taqdirlandi. Quvonarlisi taqdirlanganlar qatorida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialidan ham hamshiralar borligida.
Filial “Kardioreanimatsiya” bo‘limi navbatchi hamshirasi Keldiyorova Dilbar – Kasbiy mahoratini, malakasini, ishchanlik, ijtimoiy-siyosiy faolligi, shahsiy sifatlarini, ustoz shogird yo‘nalishida, ma’naviy yetukligi, jamoat ishlarida faol ishtiroki, kasbdoshlar, bemorlar va ularning yaqinlari tomonidan berilgan e’tiroflari inobatga olib “Yilning eng yaxshi reanimatsiya xamshirasi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2 o‘rinni qo‘lga kiritib, II darajali diplom bilan taqdirlandi.
“Eng latofatli hamshira” nominatsiyasi filialning “Poliklinika” bo‘limi EXOKG hamshirasi Abduraimova Zarnigorga nasib etdi.
O‘ylaymizki o‘tkazilgan ushbu ko‘rik tanlovlar hamshiralarga o‘zgacha mativatsiya beradi va o‘z ustilarida ko‘proq mehnat qilib ishlab, bundanda yuqori cho‘qqilarni zabt etishga zamin yaratadi.