Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Salomatlik sayillari»ning navbatdagi tadbirlari 27 aprel kuni Nishon tumanidagi «Oydin» MFY binosida tashkil etildi.
Tadbir davomida 20 nafardan ortiq turli mutaxassislardan iborat shifokorlar bemorlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdi.
Hususan birgina kardiologiya yunalishi bo‘yicha RIKIATM Qarshi filiali kardiolog shifokori Qo‘ldoshev Obidjon tomonidan 50 nafarga yaqin bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazilib, shulardan 10 nafariga viloyat, 15 nafariga tuman darajasida statsionar davolanish tavsiya qilingan bo‘lsa, qolgan bemorlarga esa ambulator sharoitda davolanish tavsiya etildi.
«Salomatlik sayillari» bugun 28 aprel kuni ham davom etmoqda
Zero tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun!