Tashrifdan maqsad filial jamoasiga ilmiy-amaliy jihatdan ko‘maklashish hisoblanadi. Ushbu tashrif davomida filial “Kardioreanimatsiya” bo‘limida statsionar sharoitda davolanayotgan bir qator og‘ir ahvoldagi bemorlar holati taxlil qilinib, kerakli tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng filial majlislar zalida “Yurak kasalliklarida mavjud bemorlarni ektrakardial jarroxlik amaliyotiga tayyorlash bo‘yicha Yevropa KJ tavsiyalarida beta-blokatorlar o‘rni” va “Xomiladorlik va yurak ritmining buzilishlari” mavzulari bo‘yicha ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza savol-javob va qizg‘in suxbatlarga boy bo‘ldi.
O‘tkazilgan ma’ruzalar va kerakli tavsiyalar uchun t.f.d. N.U.Zakirovga filial jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.