O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2023 yil 28-martdagi “Respublika xududlarida Salomatlik sayllarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 58-sonli bo‘yrug‘i imzolandi.

Maqsad aholi orasida kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirishdan iborat.

 

Habaringiz bor aprel oyi davomida «Salomatlik sayllari» ni o‘tkazish uchun har bir hududga Respublika miqyosidagi tibbiyot markazlarining yetuk mutaxassislari biriktirildi.

Hususan Qashqadaryo viloyatiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, ishchi guruh rahbari X.G‘. Fozilov boshchiligidagi mutaxassislar biriktirilgan edi.

 

Bugun 10 aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaz direktori o‘rinbosari A. Karimov hamda gurux xodimi A. Norboevlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga tashrif buyurishdi.

 

Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari filialning “Kardioreanimatsiya” va “Rentgenendovaskulyar jarroxlik bo‘limi” bo‘limlarida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirish asnosida yotib davolanayotgan bemorlar holidan xabar olishib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tishdi.

 

“Salomatlik sayllari” viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda. Zero tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun!