Maqsad aholi orasida kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirishdan iborat.
Har bir hududga Respublika miqyosidagi tibbiyot markazlarining yetuk mutaxassislari biriktirildi.
Hususan Qashqadaryo viloyatiga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, ishchi guruh rahbari X.G‘. Fozilov boshchiligidagi mutaxassislar tashrif buyurdi. Kuni kecha Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan “Salomatlik sayllari” asnosida malakali mutaxassislar tomonidan bemorlarga zarur tavsiyalar berildi, ayrimlari davolanishga yo‘naltirildi.
Bugun 31 mart kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaz direktori X.G‘. Fozilov hamda gurux xodimlari X. Kuchkarov, J. Axmedovlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari filialning “Kardioreanimatsiya”, “Kardiojarroxlik” va “Yurak ishimek kasalliklari va reabilitatsiya” bo‘limlarida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirish asnosida yotib davolanayotgan bemorlar holidan xabar olishib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tishdi.
“Salomatlik sayllari” viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda. Zero tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun!