Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg Sog‘liqni saqlash budjet tashkilotiga qarashli Marinskiy shaxar shifoxonasi Kardioxirurgiya bo‘limi boshlig‘i, t.f.n. Vidadi Efendiev 24-25 mart kunlari RIKIATM Qarshi filialiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maksad Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filialida, jumladan Qashqadaryo viloyatida noyob turdagi kardiojarrohlik amaliyotlarini keng yulga qo‘yish, hamda filial mutaxassislariga mahorat darslari orqali mustaqil ravishda amaliyotlarni amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat hisoblanadi.
2 kun davomida t.f.n. Vidadi Efendiev hamda filial mutaxassislari birgalikda jami 6 nafar bemorda noyob turdagi, murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishdi:
3 nafar bemorda «Ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash» amaliyoti;
1 nafar bemorda gipertrofik kardiomiopatiya kasalligi bor bemorda «Morrou operatsiyasi»;
1 nafar bemorda «Ishlab turgan yurakda mitral stenozni bartaraf etish va aorta-koronar shuntlash» amaliyoti (OF kamaygan xolatda);
1 nafar bemorda «Aortal klapan protezlash va mitral klapan komissurotomiya» amaliyoti.
Barcha murakkab turdagi amaliyotlar muvaffaыiyatli amalga oshirildi. Asoratlar kuzatilmadi.
O‘zkazilgan maxorat darslari va jarroxlik amaliyotlari uchun t.f.n. Vidadi Efendievga filial jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.