RIKIATM Qarshi filialida Navro‘z umumxalq bayrami nishonlandi.

Bugun erta tongdan RIKIATM Qarshi filialida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan milliy taomlar sumalak va yorma tayyorlandi. Bayram asnosida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

 

Filial ishchi xodimlaridan tashkil topgan jamoalar sportning yugurish, tez yurish, arqon tortish, shaxmat-shashka va stol tennis turlari bo‘yicha o‘zaro do‘stona bahslashishdi. Musobaqalarda 1,2,3 o‘rinni egallaganlarga filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Shundan so‘ng bayram dasturxoni tortilib uyin-kulgularga ulanib ketdi.