Kardiologiya soxasida doir qaror va buyruqlar ijrosi chekka xududlarda xam ta’minlanmoqda.

RIKIATMning 2023 yil reja jadvali asosida xududlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.01.2022 yil PQ-103 sonli qarorining xududlarda ijrosini taxlil qilish va tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida axoliga kardiologik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash to‘g‘risidagi 27.02.2023 yil 60-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha  RIKIATM dan kardiologlar Norboev Abror va Usmonova Nilufar hamda RIKIATM Karshi filialidan kardiolog Qo‘ldoshev Obidjon ishtirokidagi ishchi guruh Kitob tuman markaziy poliklinikasiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad yuqori texnologik jarroxlik amaliyotiga muxtoj aholi o‘rtasida tibbiy ko‘rik utkazish, Prezidentimizning PQ-103 sonli qarori ijrosini taxlil etish va milliy kardioreabilitatsiya bo‘yicha ma’ruza tashkil etish.

Tibbiy ko‘rik davomida 100 nafarga yaqin bemorlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 20 nafariga yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlari taklif etildi.

Shundan so‘ng Prezidentimizning PQ-103 sonli qarori ijrosi taxlil etildi xamda kardiolog Usmonova Nilufar tomonidan milliy kardioreabilitatsiya bo‘yicha ma’ruza tashkil etildi.