Habaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 yanvardagi PQ-103-sonli “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori chiqarilgan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida shahar, tumanlarda faoliyat olib borayotgan kardiologlar ishtirokida “Kardio klub” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad viloyatning olis hududlarida ham yurak qon-tomir kasalliklari oldini olish, erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish bilan bog‘liq turli xil muammo va takliflarni urganib, bir jamoa bo‘lib hal qilishdan iborat bo‘lib hisoblanadi.
Yig‘ilishda dastlab Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.H. G‘afforov so‘zga chiqib viloyatda kardiologiya sohasidagi amalga oshirilgan va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Keyingi navbatda filial direktori Ya.R. Axmatov so‘zga chiqib Prizdentimizning 103-sonli qarorlarini mazmun va moxiyati haqida gapirib, uni to‘laqonli so‘zsiz bajarilishi kerakligi va har bir kardiolog shifokori yurtimiz kardiologiya sohasi rivoji uchun astoyidil harakat qilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Yakunda faol savol-javoblarda faol ishtirok etgan qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hulosa qilib aytganda bunday yig‘ilishlarni nafaqat viloyat markazida, balki shahar va tumanlarda ham tashkillashtirish, o‘qiladigan ma’ruzalar mavzularini oldindan ovoz yig‘ish yo‘li bilan tanlab olinib so‘ngra ushbu mavzu bo‘yicha ma’ruza qilish bilan birga doimiy ravishda kardiologiya yunalishi bo‘yicha qonun xujjatlarini taxlil etish bilan birga Prezidentimizning PQ-103-sonli qarori ijrosini taxlil qilib borish bo‘yicha ham kelishib olindi.
Zero tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun!