O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori 2-ilova 18 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va shu markazning Qarshi filiali o‘rtasida videokonferension aloqa shaklida telemeditsina muloqoti tashkillashtirildi.
Muloqotda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kardiologi t.f.d N.U.Zakirov va Qarshi filialining bir guruh shifokorlar kardioreanimatsiya bo‘limida davolanayotgan 2 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning kasallik tarixi asosida bemorlar holati klinik jixatdan taxlil etildi. Muloqot so‘ngida t.f.d N.U.Zakirov o‘zlarining zarur tavsiya va tushunchalarini berdi.
Innovatsion telemeditsinani izchil yo‘lga qo‘yilishi orqali aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi kengayadi, olis hududlarda yashovchi fuqarolarimizning ilg‘or tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi.