Hamkorlikdagi yuqori texnologik jarroxlik amaliyotlarini o‘tkazish ishlari kundan-kunga ortib bormoqda.

Bugun filialga Rossiya federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridan rentgen endovaskulyar jarrox t.f.n. Anton Andreevich Xilchuk yana bir bor tashrif buyurdi.

 

3 oydan buyon oyoq og‘rig‘idan aziyat chekayotgan bemor dardiga davo topdi. Bizga 50 metrgacha bo‘lgan masofada yurganida yuzaga keladigan oqsoqlik va og‘riqdan shikoyat qilib murojaat qilib keldi. Bemorda o‘tkazilgan angiografiya tekshiruvida o‘ng tashqi yonbosh arteriya yopilganligi va o‘ng ichki yonbosh arteriyasi kritik stenozi aniqlandi. Rossiya Federatsiyasining Sank-Peterburg shahrida faoliyat yuritadigan rentgen endovaskulyar jarrox, t.f.n. Xilchuk A.A. va filial intervension kardiologlari hamkorlikda ushbu bemorda shikastlangan arteriyalarda endovaskulyar usulda qon oqimi to‘liq tiklandi, ya’ni tromb aspiratsiya va angioplastika amaliyoti o‘tkazildi. Bemorning ahvoli qoniqarli.

 

RIKIATM Qarshi filiali jamoasi o‘tkazilgan mahorat darslari uchun Anton Andreevichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.