O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvar kunidagi “Yurak qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-103 sonli qarorining 2-ilova, 3-bob, 16 bandi ijorisini ta’minlash maqsadida, RIKIATM Qarshi filiali kardiojarroxi Pulatov O.K. kardiolog Mirzaev B.S. va Sharisabz TTB kardiologi Ismatov O.F. birgalikda joriy yil 23 yanvardan 17 fevralgacha Rossiya Federatsiyasining Moskva shaxridagi “A.N.Bakulev nomidagi yurak qon tomir ilmiy amaliy tibbiyot markazi”da malaka oshirish kursida qatnashishdi. Malaka oshirish mobaynida 10 dan ortiq turdagi 50 dan oshiq yuqori texnologik yurak qon- tomir jarroxlik amaliyotlarida ishtirok etishdi.
– U yerda men biriktirilgan shifokor t.f.n yurak qon tomir jarroxi Sanakoev M.K bilan birgalikda u yerdagi bemorlarni jarroxlik amaliyotiga tayyorlash va qay bir usulni tanlash (miniinvaziv jarroxlik usuli) yoki (traditsion jarroxlik yo‘li) bilan amaliyot o‘tkazish kerakligi o‘rgandim. Men u yerda t.f.n Donakanyan S.A., t.f.n Fatullaev Z.F. va markaz prezidenti professor, tibbiyot fanlar doktori, akademik Leo Antonovich Bokeriya bilan birgalikda jarroxlik amaliyotlarida qatnashdim va o‘zim uchun yangi jarroxlik texnikalarini o‘zlashtirdim. Leo Antonovich Bokeriya nafaqat RF balki jaxondagi yetuk kardiojarrox deb tan olingan mutaxasis, bunday doktor bilan birga jarroxlik amaliyotida qatnashish men uchun katta yutuq va sharaf – deydi kardiojarrox Pulatov O.K..
– O‘quv safari davomida olgan ta’surrotlarim, urgangan bilimlarim asosida markazimizda kuchaytirilgan tashqi konturpulsatsiya amalyotini tadbiq qilish va buning asosida yurak kon-tomir kasalligi va surunkali yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda hayot sifatini yaxshilish, hayot davomiyligini uzaytirish, yuqori texnologik amaliyot o‘tkazish imkoni bo‘lmagan bemorlarga bu usul yordamida ularga hayot bag‘ishlash, yurak kon- tomir kasalligini davolashda halkimizga yordam berishni o‘z oldimga maqsad kilib kuydim – deydi kardiolog Mirzaev B.S..
– O‘kuv safari davomida olgan ta’surotlarim, urgangan bilimlarim asosida tuman miqyosida standart tekshiruv usullarini (EKG, ExoKG, Xolter monitoringi, Tredmil test, VEM) tadbik kilish va buning asosida tumanda yurak kon-tomir kasalliklarini erta aniqlash, xavf omillarini baholash, yurak tug‘ma nuqsonlarini erta aniqlash, yurak notekis urishlarini(aritmiya) aniqlash, natijada, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligining asoratlari(miokard infarkti, bosh miyada kon aylanishining o‘tkir buzilishi, yurak yetishmovchiligi)ni, bu asoratlardan o‘lim xavfini kamaytirib, adekvat davolab xalqimizga yordam berishni o‘z oldimga maqsad qilib kuydim – deydi kardiolog Ismatov O.F.
Keljakda “A.N.Bakulev markazi”ning yetuk kardiojarroxlari bilan RIKIATM Qarshi filialida murakkab qo‘shma va qayta jarroxlik amaliyotlarini birga o‘tkazish va hamkorlik qilishga kelishib olindi. Avvalambor bunday imkoniyatni yaratib bergan Prezidentimizga, Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. O‘ylaymizki shifokorlarimiz ushbu imkoniyatlandan foydalanib xalqimiz uchun bor kuch, imkoniyatlarini ishga solgan holda, kasalliklarni oldini olishga va o‘z vaqtida bartaraf etishga astoyidil harakat qilishadi.