Kurash bo‘yicha 14 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra jaxon chempioni, Xalqaro toifadagi sport ustasi, O‘zbekiston Xalq maorifi a’lochisi, Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi. Kurash bo‘yicha turon fanlar akademiyasining akademigi Abdurashid polvon bobo Mirzaev RIKIATM Qarshi filialiga yuragidagi muammolari sababli murojaat qilib keldi. Qisqa muddat ichida filial shifokorlari yordamida o‘z salomatligini tiklab oldilar.
Abdurashid polvon bobo Mirzaev filial jamoasi nomiga o‘z minnatdorchilik izhorlarini taqdim etdilar.
