Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida hamkorlikda kardiojarroxlik amaliyoti bajarildi.

Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kardiojarroxlik bo‘limi o‘z ish faoliyatini boshladi va viloyatda amalga oshirilgan birinchi jarroxlik amaliyotini  Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali kardiojarroxlari jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Ushbu 02.02.2023 yilda ilk bor ishlab turgan yurakda aortakoronar shuntlash amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

RIKIATM Qarshi filiali jamoasi Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ish faoliyatini boshlagan kardiojarroxlik bo‘limini Surxondaryo viloyati tibbiyotini rivojlanishida o‘zining yuksak xissasini qushishini va aholiga xizmat qilishdek sharafli ishlarida omad va zafarlar tilaydi.